топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Рейтинг
+2314.75
avatar

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

Батафсил

Ўзбекистонда соғлом ва баркамол авлодни тарбиялаш борасидаги ислоҳотлар ва уларнинг самараси

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Бизнес ва карьера

 
Мақолада мамлакатимизда таълим-тарбия ва соғлиқни сақлаш соҳасида  амалга оширилаётган ислоҳотлар жараёнлари, уларнинг устувор вазифалари кенг ёритилган. Ушбу ислоҳотларнинг маънавий негизига алоҳида тўхталиб ўтилган. Шунингдек, мақолада ислоҳотлар ва маънавий

O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollari

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Бизнес ва карьера
 
     Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Servis kafedrasi tomonidan “O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida talabalar ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi. Unda Xalqaro o‘zbek pazandachilik san'ati markazi, “Gloriya” mehmonxonasi, “O‘zstandart” agentligi vakillari va kafedra professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etdilar.
    Seminarni Ilmiy ishlari bo‘yicha prorektori K. Axmedjanov ochib berdi va bugungi kunda talabalar bilimini yanada oshirish maqsadida talabalar o‘rtasida dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ilmiy seminarlar o‘tkazish yaxshi an'anaga aylanganini ta'kidladi. Bu kabi seminarlar talabalarning ilmiy saviyalarni oshirishga turtki bo‘lishini ishtirokchilarga bildirib o‘tdi.

Qibray moliya-iqtisodiyot kasb-unar kollejida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Бизнес ва карьера
 

     Ma'lumki, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi zamon talablariga javob beradigan yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashning uzluksiz tizimini yaratish vazifasiga qaratilgandir. Shu nuqtai nazardan Respublikamizda uzluksiz ta'lim tizimini shakllantirish va taraqqiy etishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Uzluksiz ta'lim tizimida yangi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan unumli foydalanish, o‘qitishning samarali usullarini izlab topish, mavjudlarini takomillashtirish va shunga o‘xshash pedagogik izlanishlar ta'lim samaradorligi va sifatini oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

“Vatan himoyasi — muqaddas burch” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbirlari o‘tkazildi

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Бизнес ва карьера

     Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Vatan himoyasi — muqaddas burch” mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbir universitetning 7 bino faollar zalida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, harbiy soha vakillari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
     Tadbirni Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha prorektor N. Qodirov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z so‘zi avvalida 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan barcha yig‘ilish ishtirokchilari va mehmonlarni samimiy muborakbod etdi. Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik hamda uni ta'minlashda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining o‘rniga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil tadqiqotchilarning ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Бизнес ва карьера
     Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil tadqiqotchilarning navbatdagi ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi xodimi Abbos Nabixo‘jaevning “Makroiqtisodiy barqarorlik” mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi.
      Ma'ruzachi Prezidentimiz Islom Karimovning “Faqat keng miqiyosli iqtisodiy islohot va o‘zgarishlarni biz tanlagan, o‘zini amalda to‘la oqlagan taraqqiyot modeliga hamohang ravishda davom ettirish iqtisodiyotimiz barqarorligi va zarur rivojlanish sur'atlarini, hayotimiz sifatini oshirish, dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash imkonini beradi” degan mulohazalarini iqtisodiyotimizning 2015 yil yakunlari bo‘yicha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarimiz tahlillarga ko‘ra asosladi.

Mavkuraviy immunitet va g‘oyaviy kurashchanlik jamiyatimiz barqaror taraqqiyot garovidir

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Бизнес ва карьера
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Bank ishi fakulteti Tashqi iqtisodiy faoliyat kafedrasi professor o‘qituvchilari 1-sonli talabalar turar joyida “Mavkuraviy immunitet va g‘oyaviy kurashchanlik jamiyatimiz barqaror taraqqiyot garovidir” mavzusida tadbir tashkil qilindi. Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Vatanga xizmat – oliy saodat

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Бизнес ва карьера
 
     Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi tomonidan keksalarga e'tibor qaratish, ularni e'zozlash, ko‘nglini ko‘tarish va duolarini olish, bugungi tinch-osuda, dorulomon kunlarga shukronalik keltirishni har bir yosh avlodning ongiga singdirib borish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda.
    Kafedra professor-o‘qituvchilari 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Chilonzor tumanidagi “Olmazor” mahallasida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Soldatov Yevgeniy Filippovichning xonadoniga tashrif buyurib, ularning holidan xabar olindi va alohida ehtirom ko‘rsatildi.
   Uchrashuv davomida aytib o‘tilganidek, bu kabi xayrli tadbirlarning o‘tkazilishi nuroniylarga e'tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish barobarida yoshlarni keksa avlod vakillariga hurmat ruhida tarbiyalash, bugungi tinch-osuda hayotimiz yo‘lida chekkan zaxmatlarining qadriga yetish hamda ularda shukronalik hissini kuchaytirishga xizmat qiladi.
    Kafedra a'zolarining Ye. Soldatov xonadoniga tashrifi buyurib, dildan suhbat qurishi, ularning ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi. Ayniqsa, hayotining eng gullagan davrida Ikkinchi jahon urushiga ketib, besh yil jangohlarda zaxmat chekkan, ne-ne azob uqubatlarni boshidan kechirgan 90 yoshli yevgeniy Filippovichning ibratli so‘zlari, bugungi tinch-osuda hayotimizning bardavomligini tilab qilgan duolari tadbir ishtirokchilarini juda ta'sirlantirdi.

 

Vatan o‘z fidoiy o‘g‘lonlarini unutmaydi

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Бизнес ва карьера
      Bugun butun yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 24 yilligi hamda «Vatan himoyachilari kuni»ga bag‘ishlab «Tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan!» shiori ostida turli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Universitetimiz mehnat jamoasi, professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ham bu kabi tadbirlarda faol ishtirok etmoqdalar. Ular tomonidan harbiy qismlarda, ichki ishlar idoralariga tashriflar uyushtirilib madaniy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
     Shuning bilan birga, “Vatan o‘z fidoiy o‘g‘lonlarini unutmaydi” shiori ostida Mustaqillik yillarida Vatan uchun o‘z jonini fido qilib halok bo‘lgan harbiylarning xonadonlariga tashriflar uyushtirilmoqda. Jumladan, Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ta'lim dargohimiz faollari, Kasaba uyushma qo‘mitasi, “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari 2000 yilda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida bo‘lgan jangovor harakatlarda halok bo‘lgan Ashirov Shermuhammad Ergashalievich istiqomat qilgan xonadonga tashrif buyurdilar. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasini Sh. Ashirovning oila a'zolari samimiy kutib oldilar.

Milliy armiya — tinchligimiz kafoloti

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Бизнес ва карьера
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 24 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Milliy armiya — tinchligimiz kafolati” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Mudofaa vazirligi vakillari, universitetimiz pedagog jamoasi va talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

Ona yurtni mard o‘g‘lonlar qo‘riqlaydi

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Бизнес ва карьера
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faollari tomonidan yoshlarda harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, Vatan himoyasini ta'minlashdek muqaddas burch, mamlakatimizdagi tinch va osuda hayot qadrining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan!” shiori ostida qator ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri Qibray tumanida joylashgan harbiy qismda bo‘lib o‘tdi. Unda “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkiloti faollari va bir guruh iqtidorli talabalar hamda zobit va askarlar ishtirok etdilar.

Tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan!

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Бизнес ва карьера
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faollari Yangiyo‘l tumanida joylashgan harbiy qismga tashrif buyurdilar. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad mazkur harbiy qismda xizmat qilayotgan zobitlar va askarlarni 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklash hamda ularning madaniy hordiq chiqarishlarini ta'minlashdan iborat.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Mazkur harbiy qism rahbari barchani bayram bilan tabriklab, mamlakatimizda harbiy sohada qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida gapirib o‘tdi.

Vatan himoyasi eng muqaddas burch va faxr

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Бизнес ва карьера

Istiqlolning ilk davridanoq ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish buyuk maqsadga aylangan yurtimizda Vatan himoyasiga, uning har qarich tuprog‘ini aziz va muqaddas bilib, ko‘z qorachig‘idek asrashga qodir o‘z armiyamizga ega bo‘lishga yuksak darajada e'tibor qaratib kelinmoqda.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professorlarining “O‘zbekiston tarixi” o‘quv qo‘llanmasi “Yilning eng yaxshi kitobi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Бизнес ва карьера
Xabaringiz bor, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan 2015-yil oktabr-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlab “Yilning eng yaxshi kitobi” VII Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri aholining barcha qatlami, xususan, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi Dmitriy Shokin «E'tirof – 2015» mukofotiga sazovor bo‘ldi

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Бизнес ва карьера
Poytaxtimizdagi “Istiqlol” san'at saroyida madaniyat, san'at, sport, jurnalistika va badiiy ijod sohalaridagi “E'tirof – 2015” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy jabhalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar jarayonida navqiron avlod ma'naviyatini yuksaltirish, ularda mustahkam hayotiy pozitsiya, badiiy tafakkurni shakllantirishning muhim sharti sifatida madaniyat, san'at, sport va badiiy ijod sohalarini izchil ravnaq toptirishga doimiy e'tibor qaratilmoqda.
Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi Yoshlar madaniyat va san'at markazi tomonidan an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «E'tirof» mukofoti yil davomidagi ijodiy izlanishlari, yuksak saviyada yaratilgan, milliy qadriyatlar targ‘iboti orqali ma'naviyatimizni boyitishga xizmat qiladigan asarlari, ijro etgan rollari, sport musobaqalaridagi yuqori erishilgan natijalar uchun taqdim etiladi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari “Kamolot — bowling” turnirida g‘olib bo‘ldilar

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Бизнес ва карьера
“UZ Bowling” sport majmuasida “O‘zbekiston Respublikasida 2015-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 50 bandi hamda “Toshkent shahrida 2015-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 40-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida sport musobaqasi tashkil etildi.
Oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” aksiyasi doirasida o‘tkazilgan tadbirda Toshkent shahar oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning bowling turi bo‘yicha “Kamolot-bowling” turniri o‘tkazildi.