топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Mardlar qо‘riqlaydi Vatanni...

14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni
Жамият
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Vatan himoyachilari oyligi doirasida bir qator tadbirlarni tashkil etdi. Jumladan, 13 yanvar kuni soat 10:00 da institutning О‘quv teatrida Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi hamda О‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qо‘shinlari 9117-sonli harbiy qism bilan hamkorlikda “Biz Vatan qalqonimiz!” nomli madaniy-ma’rifiy, badiiy tadbir bо‘lib о‘tdi.

Tadbirni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektori D.Mulladjanov kirish sо‘zi bilan ochib, tadbir ishtirokchilarini bayram bilan qizg‘in qutladi. Shundan sо‘ng, О‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qо‘shinlari 9117-sonli harbiy qism komandirining о‘rinbosari podpolkovnik Hoshimjon Hurmatovich Mahmudov sо‘zga chiqib, “Yurtimiz bо‘ylab Vatan himoyachilari kuni va О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi tantanalari keng nishonlanmoqda. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning jо‘shqin nutqlarida aytilganidek, “hammamiz uchun Vatan bitta, bitta maqsad bizlarni birlashtiradi, u ham bо‘lsa Vatan istiqbolidir” degan gaplari Vatan tinchligi, qudrati va osoyishtaligi yо‘lida xizmat qilayotgan har bir harbiylarga о‘ziga xos shukuh bag‘ishladi desak, mubolag‘a bо‘lmaydi. Shu bilan birgalikda mazkur institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilari va talaba-yoshlariga shunday tadbirni tashkil etganligiga о‘z minnatdorchiligimizni izhor etamiz” deya tilaklarini bildirdi.

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumani “Nuroniylar” kengashi a’zosi polkovnik SH.Ibragimov ham sо‘zga chiqib, respublikamizda amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlar, ayniqsa harbiylarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar haqida gapirib, tadbir ishtirokchilarini bayram bilan muborakbod etdi.

Vatanimiz osoyishtaligi, tinch-osuda hayotimiz posbonlari bо‘lmish askarlarimizning ibratli harbiy intizomi, о‘z burchini fidokorlik va sadoqat bilan bajarishi, shu bilan birga, bir oilaning farzandi, turmush о‘rtog‘i kabi oddiy hayotiy lahzalarni institut talaba-yoshlari turli asarlar orqali ifoda etdilar.

Xususan, dasturda о‘rin olgan “Tinch bо‘lsin olam”, “Maktub”, “Baxtlimisan, ayt”, “Ikki qalb”, “Vatan kо‘ngildadur, kо‘ngil Vatanda” kabi qо‘shiq va raqslar, sahna jangi kо‘rinishlari, she’riy kompozitsiyalar tadbir ishtirokchilariga bayramona ruh bag‘ishladi.

Vatanimiz ozodligi va obodligi, uning sarhadlari daxlsizligi, mustaqilligining himoyasi yо‘lida fidoyilik kо‘rsatib yashash, ona-xalqining or-nomusi, shon-sharafi yо‘lida kuch-g‘ayrat, bilim va tajribasi, butun hayotini baxsh etayotgan jamiyki harbiylarni va yurtdoshlarimizni ushbu bayram munosabati bilan chin yurakdan tabriklaymiz.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bо‘lsin!
Ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi boshlig‘i Zulxumor Narkuziyeva
Ремонт квартиры
Пляжи Южного Гоа



 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.