топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik – jamiyat taraqqiyotining muhim omili

Тинчлик энг олий неъмат
Жамият
Joriy yilning 12 may kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Tinchlik osoyishtalik va barqarorlik – jamiyat taraqqiyotining muhim omili” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo`lib o’tdi. Tadbirni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Baxtiyor Sayfullayevich Sayfullayev kirish so`zi bilan ochib berdi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari: Abdug’appor Karimjonovich Qirg’izbayev, Rustam Rajabboyevich Qobilov, Kozim O’ktamovich Tojiev, institutning professor-o’qituvchilari, talaba yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar mustaqillik yillarida mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan ulkan va zalvorli ishlar hamda ularning mazmun-mohiyati xususida, jumladan yurtimiz iqtisodiyotining yildan-yilga rivojlanib borayotgani, san’at, madaniyat va sport sohalariga qaratilayotgan e’tibor hamda bu borada erishilayoptgan yutuqlarni alohida ta’kidlab o’tdilar.

Yurtimizning tinchligi va farovon hayotimizning qadriga yetish lozimligi, jahonda ro’y berayotgan jarayonlar va ularga bugungi kun yoshlarining bildirayotgan munosabtlari, tashabbuslari xususida hamda tinchlikni, osoyishtalikni ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar borasida atroflicha fik-mulohazalarini bildirdilar.

Ishtirokchilar tomonidan yurtimizning barcha hududlarida hattoki eng chekka qishloqlarida ham bunyod etilayotgan yangidan-yangi zamonaviy binolar, sanoat korxonalari, namunaviy tipdagi zamonaviy uylar, xalqimizning tinchligini ta’minlash borasida olib borilayotgan samarali bunyodkorlik ishlari haqida qator ma’lumotlar taqdim etildi. Yana shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, kelajagimiz, farovon hayotimiz poydevori bo’lgan yoshlar chuqur bilim olishlari, har tomonlama yetuk shaxs bo’lib kamol topishlari uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, ta’lim tizimining nechoglik yuksalgani va uni takomillashtirish. xalqimizning salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar haqida aniq misol va raqamlar asosida batafsil tushuntirib berildi.

Tadbir ishtirokchlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 9 may –“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Xotira maydonida ommaviy axborot vakillari bilan suhbatining ma`no-mazmuni va suhbatning hayotiyligi, yoshlar uchun yaratilayotgan cheksiz imkoniyatlar xususida so`z yuritildi.

Institut rektori B.S.Sayfullayev O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tadbir har bir qatnashchi qalbida, Vatanimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikning shukronaligi, xalqaro maydonda jannatmakon yurtimizning obro`-e`tibori, yoshlarimizning ongu tafakkuri, siyosiy va ijtimoiy faolligi o`sib borayotganligi, bu yerda o`tirgan yoshlar san`atimiznig ertasi, kelajagimizning vorislari ekanligini, buning uchun talaba-yoshlarimiz tinimsiz mehnat qilishlari – o`qib o`rganishlari orqali Vatanimizga bo`lgan muhabbatlarini namoyon etadilar deb tadbirni yakunladilar.

Magistrlar Oxundiy Azamat, Xurshida Fayzullayeva va boshqalar o`z fikr-mulohazalarini bildirib, o`zlarining ko`plab savollariga javoblar oldilar.
“Madaniyat va san’at sohasi menejmenti” yo’nalishi I kurs magistranti Xurshida Fayzullayeva

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.